07/12/2022

Joriy yilning 7-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Z.Qodirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiga to‘xtalib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Ozbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabr kuni Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida Bosh Qomusimiz qabul qilinganligi, shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilinganligi haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari Bosh Qomusimiz davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab berishi, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda har bir shaxs, fuqaro o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmasligi, unda inson haq-huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat, deb belgilab qo‘yilganligi va inson manfaatlari uchun xizmat qilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

 

photo2022-12-0715-08-57
photo2022-12-0715-09-00
photo2022-12-0715-08-58

Axborot xizmati.