09/12/2022

Joriy yilning 9-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqamasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kunning 30 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Z.Qodirov so‘zga chiqib,  mazkur qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilganligi, O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlab qo‘yilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tgashqari Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratganligi, madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishi haqida ham batafsil ma’lumotlarni berib o‘tdi.

 

photo2022-12-0715-08-54
photo2022-12-0715-08-531
photo2022-12-0715-08-53

Axborot xizmati.