Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Murodov tomonidan O‘zbekiston tumanidagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslar soni, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik daromadi o‘rganildi. Bundan tashqari mazkur kuzatuv yuzasidan intervyuyerlar tomonidan respondentlarga tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.