Joriy yilning 12-dekabr kuni Dang‘ara tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Egamnazarova tomonidan Dang‘ara tumanidagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslar soni, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik daromadi o‘rganildi. Bundan tashqari mazkur kuzatuv yuzasidan intervyuyerlar tomonidan respondentlarga tushuntirishlar va takliflar berildi.
Axborot xizmati.