Joriy yilning 12-dekabr kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov tomonidan Farg‘ona shahridagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslar soni, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik daromadi o‘rganildi. Bundan tashqari mazkur kuzatuv yuzasidan intervyuyerlar tomonidan respondentlarga tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.