13/12/2022

Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov tomonidan  Yozyovon tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda  mazkur bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan  mahsulotlar  tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining majburiy talablarga javob beradigan sharoitlarga muvofiq saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

photo2022-12-1311-24-25
photo2022-12-1311-24-51
photo2022-12-1311-24-44
photo2022-12-1311-24-31
photo2022-12-1311-24-38

                                                                            Axborot xizmati.