Joriy yilning 13- dekabr kuni Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Temirov tomonidan shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, yo‘lovchining bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari o‘rganildi. Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.