16/12/2022

Joriy yilning 14-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev Oltiariq tumanida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

 Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

photo2022-12-1413-22-50
photo2022-12-1610-03-34

Axborot xizmati.