Joriy yilning 13-dekabr kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Qo‘chqorova tomonidan Farg‘ona tumanidagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslar soni, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik daromadi o‘rganildi. Bundan tashqari mazkur kuzatuv yuzasidan intervyuyerlar tomonidan respondentlarga tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati