16/12/2022

Barcha joylardagi kabi joriy yining 15-noyabr kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov tomonidan ham Qo‘qon shahar chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda mazkur bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari kuzatuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

photo2022-12-1614-40-27
photo2022-12-1614-40-38
photo2022-12-1614-40-32

                                                                     Axborot xizmati.