16/12/2022

Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Narxlar statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Mamadaliyev, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i V.Mirzayevlar  ishtirokida nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining 2023-yilga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar

 

photo2022-12-1615-13-42
photo2022-12-1615-13-37
photo2022-12-1615-13-31
photo2022-12-1615-13-27

Axborot xizmati