Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Narxlar statistikasi” boshqarmasining “Iste’mol narxlari indeks” bo‘limi bosh mutaxassisi L. Suvonqulov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narxlar statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov, Oltiariq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Nabiyevlar ishtirokida nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining 2023-yilga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, o‘z takliflarini bildirdilar.
Axborot xizmati.