Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Narxlar statistikasi” boshqarmasining “Iste’mol narxlari statistikasi” bo‘limi boshlig‘i Sh.Haynazarov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinovlar ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining 2023-yilga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Axborot xizmati.