Joriy yilning 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy targ‘ibot o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev sohaga oid qonunchilik hujjatlaridagi yangiliklar bilan birgalikda xodimlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida amaldagi ayrim normativ huquqiy hujjatlar mazmun mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 04-aprel kungi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 257-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgust kungi “Bola huquqlarini kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-275-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning 2021-yil 27-noyabr kungi “Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 32-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabr kungi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn-auksion orqali ijraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevral kungi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 685-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-dekabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 258-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining 2022 yil 16 noyabr kungi «Davlat statistika shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 23-mb-sonli qarori bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Seminar yakunida savol javoblar va munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.