20/12/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar- noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 072,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 139,0 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,1 % punktga ko‘payib, 14,5 %ni tashkil etdi.

Shundan eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hudud:
Marg‘ilon shahar– 33,9 %
Farg‘ona shahar – 29,0 %
Dang‘ara tumani – 12,7 %ni tashkil etdi.