20/12/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 64,3 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 2,5 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,5 %ni tashkil etgan holda 4 757,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri - 1 454,8 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri – 654,0 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 325,1 mlrd.so‘m
Bag‘dod tumani – 258,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.