21/12/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 27 224,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,8 % ni tashkil etdi.

Shundan:
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 81,4 mlrd.so‘mni
Ishlab chiqaradigan sanoat – 25 400,2 mlrd. so‘mni
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 1 533,9 mlrd.so‘mni
Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish -209,1mlrd.so‘mni tashkil etdi.