Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 267,2 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 44,4 %ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 23,4 %ga yetdi.
Shundan:
Choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat – 101,6 mln.
Metallardan tayyorlangan buyumlar -30,3 mln.
Toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar – 47,8 mln.
Probka va daraxtlardan tayyorlangan buyumlar -21,2mln.
Qog‘oz va karton – 18,3 mln.
Rangli metallar – 6,5 mln.AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.
Sanoat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Xitoy Xalq Respublikasi – 95,2 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 95,1 mln.
Qozog‘iston – 12,9 mln.
Syangan(Gonkong) - 12,8 mln.
Tojikiston – 9,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.