Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatining ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 25 400,2 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 93,3 %ini tashkil etdi.
Ishlab chiqaradigan sanoatda ayrim turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmlari:
Dizel yoqilg‘isi – 86,6 ming tonna
Avtomobil benzini –106,0 ming tonna
Klinkersement – 86,8 ming tonna
O‘simlik yog‘i – 75,2 ming tonna
Portlandsement – 109,9 ming tonna
Yumshoq, bug‘doy va spelta uni – 88,0 ming tonna
Neft bitumi – 62,9 ming tonna
Aroq -70,7 ming litr
Uzum vinosi - 59,0 ming litr
Karbamid – 85,7 ming tonna
Paxta chigiti – 112,9 ming tonna
Paxta linti – 144,4 ming tonnani tashkil etdi.