Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabr holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 22 496,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi.
Shu jumladan:
Yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 2 494,5 mlrd.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari– 20 002,2 mlrd.
shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi - 1 576,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.