Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami qurilish ishlarining 72,6 %i yoki 5 367,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 870,4 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar - 3 057,6 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor - 1 439,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.