21/12/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida mashinalar va transport- asbob uskunalari hajmi 396,6 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 49,4 %ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 34,7 %ga yetdi.

Shundan:
Xitoy Xalq Respublikasi – 210,9 mln.
Turkiya – 43,1 mln.
Hindiston – 28,0 mln.
Koreya Respublikasi – 16,8 mln.
Litva– 14,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.