21/12/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha 369,9 mln. AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 48,0 %ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 6,5 %ga kamaydi.

Shundan:
Paxtadan yigirilgan ip – 273,6
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari –40,1
Gilamlar – 2,7
Naqshli mato – 12,8
Boshqa to‘qimachilik mahsuloti – 7,8
Paxtadan gazlamalar – 20,3
Ipak va ipak mahsulotlari – 6,4
Paxta mahsulotlari – 4,6
Boshqalar – 1,6 mln.AQSH dollarini tashkil etdi.

To‘qimachilik mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya Federatsiyasi – 112,8
Turkiya – 77,7
Xitoy Xalq Respublikasi – 50,9
Polsha – 27,5
Eron – 20,9
Qirg‘iziston –17,2
Misr – 15,0
Boshqa davlatlar – 22,9mln.AQSH dollariga to‘g‘ri keldi.