Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida oziq-ovqat tovarlari hajmi 162,4 million AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35,1 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 14,2 %ga yetdi.
Shundan:
Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 109,7 mln.
Meva va sabzavotlar – 14,6 mln.
Tirik hayvonlar –13,0 mln.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 3,2 mln.
Hayvonlar uchun ozuqa – 4,6 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Qozog‘iston –111,7 mln.
Qirg‘iziston – 16,9 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 8,9 mln.
Xitoy Xalq Respublikasi – 9,2 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri keldi.