Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 16,0 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 4,3 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 4 053,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.