23/12/2022

Joriy yilning 23-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabr kungi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-809-son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-dekabr kungi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ-810-son qonunlarining mazmun va mohiyatiga qisqacha to‘xtaldi. Birinchi masala bo‘yicha mazkur qonun yurtimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ravishda ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratilganligi, qonun genderga oid audit o‘tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlashi haqida so‘z yuritdi.  Bundan tashqari, ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan  ikkinchi masala yuzasidan mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘tkazish hamda tegishli ishlarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga o‘tkazish nazarda tutilganligi haqida keng va atroflicha tushuntirish berdi.

 

photo2022-12-2312-25-11
photo2022-12-2312-25-20

Axborot xizmati.