26/12/2022

Joriy yilning 26-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limining “Farg‘ona viloyati joriy yilning yanvar-noyabr oylari holatiga tashqi savdo aylanmasi” mavzusida viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, bloger va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshglig‘i M.Turg‘unova, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi N.Mahmudovalar ishtirok etdilar. Tadbirni F.Yakubov kirish so‘zi bilan ochib, joriy yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1913,6 mln. AQSh dollarini tashkil etganligi, 2021-yilga nisbatan 230,8 mln. AQSh dollariga yoki 13,7 %ga koʻpayganligi, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 770,0 mln. AQSh dollariga va import  hajmi 1 143,6 mln. AQSh dollariga yetganligi va hisobot davrida -373,6 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilganligi haqida keng va atroflicha ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, N.Mahmudova so‘zga chiqib, Farg‘ona viloyatining eksport va import ko‘rsatkichlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Chunonchi, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida  viloyatning eksportyorlari soni 752 tani tashkil etib, ular tomonidan 770,0 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va  xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy            qismi   bo‘lgan 215,1 mln. AQSh dollari qiymatidagi 287,0 ming  tonnadan ziyod meva-sabzavot, 369,9 mln. AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari, xizmatlar eksporti hajmi 11,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bundan tashqari, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 1 143,6 mln. AQSh dollarini va 2021-yilga nisbatan 122,1 %ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush,  mashinalar va transport asbob-uskunalari 34,7 %, sanoat tovarlari 23,4 % hamda mineral yoqilg‘i va yog‘lash moylari va shunga o‘xshash mahsulotlar 15,0 % hisobiga to‘g‘ri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 209,3 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 1 140,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2,7 mln. AQSh dollariga yetdi. Tadbir so‘nggida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

 

photo2022-12-2612-14-12
photo2022-12-2612-14-03
photo2022-12-2612-14-14
photo2022-12-2612-14-17

Axborot xizmati.