28/12/2022

Yangi yil arafasida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi sohada xizmat ko‘rsatgan xodimlar holidan xabar olinmoqda. Jumladan, bayram munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari J.Holiqov, Sh. Sheptanqulov, O‘. Egamberdiyev, N. Bannopova, T. Hakimovalar holidan xabar olindi. Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko‘mak berish, ularni yolg‘iz qoldirmaslik va ko‘p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko‘zda tutilgan.

 

DSC01174
DSC01165
DSC01201
DSC01186
DSC01187

Axborot xizmati.