Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga kora 2022- yil yanvar- noyabr oylari holatiga Dang‘ara tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 481,6 mlrd. so‘mni tashkil etdii. 2021- yilning yanvar- noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 114,7 % ni tashkil etdi.
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 338,6 ming so‘mga
Savdo xizmatlar – 149,6 mlrd.
Transport xizmati – 74,3 mlrd.
Moliyaviy xizmatlar – 63,1 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 44,7 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 15,9 mlrd.
Yashah va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 9,4 mlrd.
Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 7,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.