04/01/2023

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabr kungi tegishli buyrug‘i bilan Abdibannonov Shoxrux Ikromjon o‘g‘li Furqat tumani statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Abdibannonov Shoxrux Ikromjon o‘g‘li 1991-yil 23-iyunda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent Davlat Agrar universitetini tamomlagan. 2016-2021-yillarda Furqat tumani Agrosanoat va transport kolleji katta o‘qituvchisi, Furqat tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi chorvachilik sektori boshlig‘i, mazkur bo‘limning bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis  sifatida faoliyat yuritgan. 2021-2022 yillarda Furqat tuman statsitika bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

 

photo2023-01-0416-39-27