09/01/2023

Joriy yil 6-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti va siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan quyidagi yangi qabul qilingan qonunlar, amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-aprel kunidagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-404-son Qonuni hamda amaldagi JKning 191-moddasi (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabr kunidagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabr kunidagi “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabr kunidagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-813-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 733-son qarorlarining  mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Farg‘ona filiali tomonidan tavsiya etilgan, Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “siyosiy – ma’rifat soati”da “Bir chimdik ma’naviyat” rukni ostida taqdim etilgan videorolik namoyishi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan boshqarma Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Akbarovning fikr va mulohazalari tinglandi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev va bo‘lim boshlig‘i U.Sobirovlar tomonidan javoblar qaytarildi.

 

photo2023-01-0910-32-45
photo2023-01-0910-32-08

  

Axborot xizmati.