Joriy yilning 10- yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ijtimoiy soha” statistikasi bo‘limi boshlig‘i I.Haydarov va mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi N.Tojiboyevlar ishtirokida shahar va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari mas’ullari uchun seminar tashkil etildi.
Seminar davomida statistika idoralariga maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan joriy yilning 30- yanvar sanasiga qadar taqdim qilinishi belgilangan 1-maktabgacha taʻlim hamda 15- fevralgacha topshiriladigan 1-notijorat yillik statistik hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirish bilan bog‘liq tushuncha va yo‘l-yo‘riqlari batafsil tushuntirildi. Masofaviy tarzda oʻtkazilgan seminarda hisobot topshirish uchun maʼsul mansabdor shaxslarga oldingi yillarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va ularga qayta yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
ham tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.