Joriy yilning 11-yanvar kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqova tomonidan Marg‘ilon dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.