11/01/2023

Joriy yilning 11-yanvar kuni Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayev tomonidan Yozyovon chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  chorva mollari va parrandalari tushumi kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga joyida kiritildi. Bundan tashqari Kuzatuvni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

photo2023-01-1114-29-35
photo2023-01-1114-29-28

                                                                     Axborot xizmati.