Joriy yilning 13-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida Farg‘ona shahar statistika bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayetgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4 mehnat choraklik hisobotiga mas’ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R. Xasanov tomonidan 4 mehnat choraklik hisobotni eStat4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali jo‘natish tartiblari, hisobotini tayyorlash jarayonida muassasa xodimlari hamda ularning ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaqqoniy, shaffof va o‘z vaqtidan kechikmay taqdim etishlari haqida slayd yordamida atroflicha tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.