Joriy yilning 13-yanvar kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi tomonidan “Buxgalteriya hisobi markazi”da mazkur hududda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklarining 2022 –yil yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan yillik 1-fx shakli hisobotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Normatov tomonidan yillik 1-fx shakli hisobotini eStat4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali jo‘natish tartiblari, hisobotni tayyorlash jarayonida fermer xo‘jaliklari yer madoni, yig‘ib olingan hosili, chorva bosh soni va mahsulotlari kabi ma’lumotlar xaqqoniy, shaffof va o‘z vaqtida taqdim etishlari haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Axborot xizmati.