Joriy yilning 13-yanvar kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘lim mutaxassisi M. Xojiboyevalar tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumani, “Yangi asr” MFY, “Mustaqillik shodiyonasi” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. G‘ofurova bilan mazkur kuzatuvning mohiyatiga to‘xtalib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati