Joriy yilning 14-yanvar kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov tomonidan Farg‘ona shahar chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada kuzatuvga tushgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha tushum miqdori o‘rganildi. Bundan tashqari kuzatuvga tushgan jismoniy shaxslarga kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.