17/01/2023

Joriy yilning 17-yanvar kuni Margilon shahar “Terak tagi” MFY  faollari uchun tashkil etilgan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ruziboyev ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminarda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirish haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari tasodifiy tanlov asosida kuzatuvga tushgan xonadon egalari bilan mazkur tadbirni sifatli o‘tishiga joylardagi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ham yaqindan yordam berishlari haqida tushuntirish berildi.

 

photo2023-01-1710-38-12

Axborot xizmati.