Joriy yilning 17- yanvar kuni “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qodirova ishtirokida Farg‘ona shahar “Navro‘z” va “Mustaqillik” MFY faollari uchun uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda mahalla faollarining o‘rni katta ekanligi, tanlovga tushgan xonadon egalari haqidagi ma’lumotlarni olishda hududiy statistika organlari xodimlariga yaqindan yordam va hamkorlikda ish olib borishi haqida tushuntirish berildi.
Axborot xizmati.