O‘zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. O‘z navbatida, uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Jumladan, joriy yilning 17-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh. Egamberdiyevalar tomonidan Oltiariq tumani “Farovon” MFY “Ko‘ndalang” ko‘chasi 48- uyda istiqomat qiluvchi fuqaro G.‘ Xusanov xonadoniga tashrif buyurib, uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar va boshqa ma’lumotlar, iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, uy joy kommunal xizmatlari, moddiy-ijtimoiy holatini baholash va uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlarni shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati