Joriy yilning 17- yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Mamadaliyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi Sh. Egamberdiyevalar tomonidan Oltiariq tumani “Olmazor” MFY faollari ishtirokida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda mahalla faollarining o‘rni katta ekanligi, tanlovga tushgan xonadon egalari haqidagi ma’lumotlarni olishda hududiy statistika organlari xodimlariga yaqindan yordam va hamkorlikda ish olib borishi haqida tushuntirish berildi.
Axborot xizmati.