19/01/2023

Respublikamiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Mana shunday kuzatuv  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan  Qo‘shtepa tumani “Nurafshon” MFYda istiqomat qiluvchi Mamatovlar oilasi xonadonida amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar  hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

 

photo2023-01-1915-36-46

Axborot xizmati