Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi O. Xolbekov tomonidan O‘zbekiston tumani “Dahanaqaqir” MFY faollari ishtirokida mazkur kuzatuvlarning mohiyati va ahamiyati haqida ma’ruza qilar ekan, u xususan, tanlovga tushgan uy xo‘jaliklarining uy-joy turi, maydoni, qulayliklarning mavjudligi, uy xo‘jaliklarining uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich, sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobili bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda joylardagi mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari yaqindan yordam berishlari va hamkorlikda ishlarni tashkil qilish kerakligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Axborot xizmati.