Viloyatimiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida,viloyat statistika boshqarmasi tomonidan uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilmoqda Mana shunday kuzatuv “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Oltiariq tumani “Farovon” MFYda istiqomat qiluvchi A.Valihonov oilasi xonadonida amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.