Respublikamizning barcha hududlarida mikrofirma va kichik korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi statistika hisobotini to‘liq qamrob olish bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda. Mana shunday seminar Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Sobirov hamda Yozovon tumani statistika bo‘limi tomonidan tumandagi tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Seminarda 2022- yil yakunlari bo‘yicha 1-kb shakli (yillik) “mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi statistika hisobotining qamrovini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida topshirish, shuningdek korxona hisobotning 8 bo‘lim, 26 bobining barcha satrlari bo‘yicha keng tushuncha berildi va statistik ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri, shaffof va haqoniy taqdim etishlari haqida uqtirib o‘tildi.
Axborot xizmati.