20/01/2023

Joriy yilning 20-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti va siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan quyidagi yangi qabul qilingan qonunlar, amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 21-noyabr kunidagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2-2022-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabr kunidagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-2022-son buyruqlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

 Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i v.b Sh. Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, va bo‘lim boshliqlari U. Sobirov va J. Akbarovlar tomonidan javoblar qaytarildi.   

 

photo2023-01-2016-05-24
photo2023-01-2016-05-23
photo2023-01-2016-05-25

Axborot xizmati.