20/01/2023

Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/2-07-16/2-100- sonli xatining ijrosini ta’minlash  maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” hamda “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limlari tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlar ishtirokida “1-kb va 1-fx- shakli yillik statistika hisobotlarini eStat-4.0 dasturi orqali qabul qilib olishga  bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev 1-kb shakli (yillik) mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi statistika hisobotlarining qamrovini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish  kerakligi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng statistika hisoboti satrlarini kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘gri, shaffof va haqonniy to‘ldirilganligini tekshirgan holda qabul qilish yuzasidan boshqarmaning tarmoq bo‘lim mutaxassislari slayd yordamida keng va atroflicha tushuntirib berildi.

 

photo2023-01-2017-50-05
photo2023-01-2016-29-13
photo2023-01-2016-29-08
photo2023-01-2016-28-49
photo2023-01-2016-28-48
photo2023-01-2016-28-35
photo2023-01-2016-28-33

  Axborot xizmati.