20/01/2023

Joriy yilning 20-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi G. Gafurova hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Umrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

 Bundan tashqari, narxlarni ro‘yxatga oluvchi mas’ul xodimga ma’lumotlarni planshet qurilmasiga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

photo2023-01-2018-11-01
photo2023-01-2018-10-54
photo2023-01-2018-11-06

                                                                        Axborot xizmati.