23/01/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 292,3 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40,9 %ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 23,7 %ga yetdi.

Shundan:
Choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat – 112,1 mln.
Metallardan tayyorlangan buyumlar -33,2 mln.
Toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va boshqa mahsulotlar – 51,4mln.
Probka va daraxtlardan tayyorlangan buyumlar -23,3mln.
Qog‘oz va karton – 19,6 mln.
Rangli metallar –7,4 mln.AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.

Sanoat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Xitoy Xalq Respublikasi – 104,0 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 102,7 mln.
Qozog‘iston – 15,4 mln.
Syangan(Gonkong) - 15,1 mln.
Tojikiston – 10,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.